
Rasman: Anchelotti ishdan olindi va uning o‘rnini Gattuzo egalladi
"Napoli" klubi Jennaro Gattuzoni bosh murabbiy deb e’lon qildi.
U Karlo Anchelottini o‘rnini egalladi. Kuni kecha, "Napoli" EChLning 6-turida "Genk" (4:0) jamoasini mag‘lub etdi va ushbu bellashuv Anchelottining jamoadagi so‘nggi bahsi bo‘lib qoldi.
Avvalroq, Gattuzo neapolliklar bilan yarim yillik bitimga imzo chekishi va jamoa EChLga yo‘llanmani qo‘lga kiritsa, shartnoma yana 1 yil muddatga uzaytirilishi mumkinligi hamda uning maoshi ushbu mavsumning oxirigacha 1,5 mln evro, keyingi mavsum uchun esa 3 mln evro bo‘lishi kutilayotganligi ma’lum qilingan edi.
Ma’lumot uchun, Gattuzo "Milan", "Palermo", "Pizu", OFI va "Son" klublarini boshqargan.
Eslatib o‘tamiz, "Napoli" A Seriyaning joriy mavsumida 15-turdan so‘ng, 21 ochko to‘plagan holda 7-o‘rinni egallab turipti.
Fikrlar