
Rasman! "Andijon" ukrainalik darvozabonni o‘z safiga qo‘shib oldi
Yozgi selektsiya ishlarini olib borayotgan “Andijon” tarkibini kuchaytirishda davom etadi.
Klub matbuot xizmatining xabar berishicha, bu yil 25 yoshni qarshi oladigan ukrainalik darvozabon Artyom Odintsov "Andijon" a’zosiga aylandi.
Ma’lumot uchun, Artyom Odintsov 2000 yilning 9 noyabr sanasida Ukrainada tavallud topgan.
Darvozabon bunga qadar Ukrainaning “Munkach”, Vengriyaning “Kishvarda” va “Doshdor” klublari sharafini himoya qilgan. 2018 yildan beri aynan Vengriya chempionatida faoliyat olib borgan.
Odintsov bilan shartnoma 1,5 yilga tuzilgan bo‘lib, uning jamoamizdagi faoliyati muvaffaqiyatli chiqishiga tilab qolamiz, - deyiladi rasmiy xabarda.
Bundan avval klub polshalik himoyachi Kristian Novakning transferini ham e’lon qilgan.
Fikrlar