Rasman: Angliyaning yangi chempioni boshqa jamoaga o‘tdi

  • 2 iyul, 16:39
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bundesligada g‘oliblik uchun kurashishni maqsad qilgan jamoalardan “Bayer” yangi mavsum oldidan tarkibini Angliyaning yangi chempioni bilan kuchaytirishni uddaladi.

Tecno

Evropadagi manbalarning yozishicha, “Liverpul” himoyachisi Jarell Kuansa faoliyatini Bundesligada davom ettiradi.

Leverkuzenliklar 22 yoshli himoyachi bilan 2030 yilning yozigacha davom etadigan shartnoma tuzdi. Kuansaning transferi uchun nemis klubi  angliyaliklarga 35 million evro atrofida tushgani aytilmoqda.

Kuansa “Liverpul” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Ikki yil avval asosiy jamoaga jalb qilingan. Shundan beri markaziy himoyachi liverpulliklar safida jami 58 ta uchrashuvda  ishtirok etib, himoyadagi vazifalarini bajarishdan tashqari uchtadan gol va assist ham qayd etdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!