Rasman. Bahrayn va Saudiya Arabistoni Gran-prilari bekor qilindi

  • 15.03.2026 05:31
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol

"Formula-1"ning Bahrayn va Saudiya Arabistonidagi bosqichlari rasmiy bekor qilindi.

"Bugun Yaqin Sharqda davom etayotgan voqealar tufayli vaziyat puxta baholanganidan so‘ng Bahrayn va Saudiya Arabistoni Gran-prisi aprel oyida o‘tkazilmasligi tasdiqlandi. Turli muqobil variantlar ko‘rib chiqilgan bo‘lsa-da, yakunda aprel oyi taqvimida hech qanday o‘zgarishlarni amalga oshirmaslik to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

Formula-2, Formula-3 va F1 Academy bosqichlari ham rejalashtirilgan muddatda o‘tkazilmaydi. Qaror Xalqaro avtomobil federatsiyasi (FIA) va tegishli promouterlar bilan maslahatlashuvlardan so‘ng qabul qilindi", - deyiladi Formula-1 rasmiy saytidagi bayonotda.

Bosqichlarning bekor qilinishi AQSh/Isroil va Eron o‘rtasida davom etayotgan mojaro fonida sodir bo‘ldi. Avvalroq "Formula-1" yo‘qotishlari 100 million funt sterlingdan (taxminan 132 million dollar) oshishi xabar qilingan edi, chunki Bahrayn va Saudiya Arabistoni Gran-pri uchun eng yuqori badallarni to‘lamoqda.

Eslatib o‘tamiz, dam olish kunlari mavsumning ikkinchi bosqichi - Xitoy Gran-prisi bo‘lib o‘tadi. Ikki hafta o‘tgach, Yaponiya Gran-prisi bo‘lib o‘tadi, Bahrayn va Saudiya Arabistonidagi poygalar bekor qilingan to‘rtinchi bosqich esa 3 may kuni Mayami shahrida bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!