
Rasman! "Barselona" Arturning "Yuventus"ga o‘tganini e’lon qildi
“Barselona” klubi o‘zining rasmiy saytida jamoa yarim himoyachisi Artur Meloni “Yuventus”ga o‘tganini e’lon qildi.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, “keksa sinora” 23 yoshli braziliyalik futbolchi uchun kataloniyaliklarga 72 mln evro to‘lagan. Yana 10 mln esa bonus hisobida beriladi.
Eslatib o‘tamiz, Artur “Barselona” safiga 2018 yil “Gremio”dan ko‘chib o‘tgan edi. U o‘tgan davr mobaynida jami 72 ta o‘yinda maydonga tushdi.
Fikrlar