Rasman! Bundesliga davom ettirilmasligi ma’lum qilindi
Germaniya hukumati Bundesligani davom ettirishni yana qoldirishga qaror qildi. Bu haqda ESPN nashri xabar tarqatmoqda.
Aytish kerakki, dastavval Bundesliga 9 may sanasidan davom ettirilishi ma’lum qilingan edi. Biroq, hukumat mamlakatda Covid-19 tarqalishining tezlashgani bois hozircha chempionatni davom ettirmaslikni ma’qul ko‘rdi.
Ayrim manbalarga ko‘ra, Bundesliga 18 maydan tiklanishi mumkin. Aytish lozimki, Germaniya chempionati mart oyida to‘xtatilgan edi.

Fikrlar