Rasman! "Bunyodkor" 2 nafar legioner bilan shartnoma imzoladi (Foto)
Xabaringiz bor, "Bunyodkor" jamoasi davralar oralig‘ida Minskda o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlarini o‘tkazdi. Yig‘in davomida uch nafar xorijlik futbolchi ko‘rikdan o‘tdi. Ularning ikki nafari bilan shartnoma imzolandi. Bular - rossiyalik Dmitriy Ostrovskiy va ukrainalik Evgeniy Chumak. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Manbaning ma’lum qilishicha, har ikkala futbolchi ham yarim himoyada harakat qiladi, faqat biri qanotda, ikkinchisi markazda. Dmitriy Ostrovskiy 21-raqamda harakat qilsa, Evgeniy Chumakka 24-raqamdagi libos topshirildi.

DMITRIY OSTROVSKIY
Tug‘ilgan sanasi: 15.04.1998
Fuqaroligi: Rossiya
Ampluasi: Qanot yarim himoyachisi
Faoliyati: «Ararat» (Armaniston, 2016-2017), «Oloy» (Qirg‘iziston, 2017-2018).

EVGENIY ChUMAK
Tug‘ilgan sanasi: 25.08.1995
Fuqaroligi: Ukraina
Bo‘yi: 181 sm. Vazni: 73 kg
Ampluasi: yarim himoyachi
Faoliyati: «Dinamo» (Ukraina, 2012-2016), «Goverla» (Ukraina, 2015), «Torpedo-BelAZ» (Belorus, 2016), «Zvezda» (Ukraina, 2016), «Karpati» (Ukraina, 2016), «Dnyapro» (Belorus, 2017), «Desna» (Ukraina, 2018), «Shevardeni» (Gruziya, 2019).
UKRAINA TERMA JAMOASI
2012-2013 Ukraina (u-18) 8 (0)
2013-2014 Ukraina (u-19) 10 (0)
2014-2015 Ukraina (u-20) 9 (1)
2014-2016 Ukraina (u-21) 6 (2)

Fikrlar