
Rasman! "Chelsi" buni tan oldi
Angliya premer-ligasida ishtirok etuvchi yana bir futbolchi COVID 19 virusini yuqtirib olgani tasdiqlandi.
Aniqrog‘i, “Chelsi” hujumchisi Kallum Xadson-Odoida koronavirus aniqlandi. Bu xabarni klub ham tasdiqladi.
“Virusga qarshi testning ijobiy natijasiga qaramasdan Kallum o‘zini yaxshi his qilmoqda va mashg‘ulotlarga qaytishni intizorlik bilan kutmoqda. Unga tezroq sog‘ayib ketishini tilaymiz”, - deb yoziladi klub rasmiy bayonotida.
Ayni damda Xadson-Odoining barcha yaqinlari, “Chelsi” futbolchilari, murabbiylari va xodimlari karantinga yuborilgan.
Fikrlar