
Rasman! "Chelsi"ga yangi bosh murabbiy tayinlandi (Foto)
25 yanvar kuni “Chelsi” bosh murabbiyi Frenk Lempard iste’foga chiqarildi. London klubi rahbariyati jamoaning so‘nggi vaqtlardagi salbiy natijalaridan qoniqmadi va uzoq davom etgan muzokaradan so‘ng, Lempardga chiqish eshiklari ko‘rsatildi. Angliyalik murabbiy "ko‘klar"ni 2019 yilning yozidan beri boshqarib kelayotgandi.
Bugun esa londonliklar boshqaruviga yangi mutaxassis tayinlandi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi. Manbaning ma’lum qilishicha, endi "Chelsi"ga Tomas Tuxel murabbiylik qiladi. Germaniyalik murabbiy Angliya klubi bilan 18 oyga mo‘ljallangan shartnoma imzoladi.
Fikrlar