
Rasman! Denni Rouz "Nyukasl" futbolchisiga aylandi
"Tottenxem"ning 29 yoshli himoyachisi Denni Rouz "Nyukasl" klubiga o‘tdi. Bu haqida klub rasmiy sayti xabar bermoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Rouz "Nyukasl"da joriy mavsum so‘nggigacha ijarada to‘p suradi. Futbolchi yangi jamoasida 28-raqam ostida to‘p suradi.
Himoyachi "qora oqlar" safidagi debyut o‘yinini Angliya chempionati 25-turi doirasida "Norvich"ga qarshi o‘tkazishi mumkin.
Fikrlar