Rasman! EChL finalida ishlaydigan rasmiylar e’lon qilindi

  • 22.05.2023 22:43
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Chempionlar ligasining yarim final bahslari o‘z yakuniga etib, finalga ham etib keldik. "Manchester Siti" va "Inter" o‘rtasida bo‘lib o‘tadigan uchrashuvga ham rasmiylar e’lon qilindi. O‘yinni polshalik hakam Shimon Martsinyak boshqarib boradi. Unga qanotlarda Sokolnitskiy va Listkevich yordamlashadi.

Martsinyak jahon chempionati finalida ishlagan. Shuningdek, u "Manchester Siti" - "Real" bahsida ham bosh hakamlik vazifasini bajargan.

42 yoshli mutaxassis mavsum davomida 31 ta o‘yinni boshqarib borgan bo‘lsa, futbolchilarga 139 marta sariq va 2 ta qizil kartochka ko‘rsatdi. 

Eslatib o‘tamiz, Chempionlar ligasi finali 10-iyun kuni Istanbulda bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!