Rasman! "Fenerbaxche" jahon chempionini o‘z safiga qo‘shib oldi

  • 27 avgust, 2019, 18:21
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Marsel" klubi himoyachisi Adil Rami "Fenerbaxche"ga ko‘chib o‘tdi. Bu haqda turk klubi rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.

Tecno

Hozircha futbolchining transferi haqida moliyaviy ma’lumotlar oshkor etilmayapti. 33 yoshli frantsiyalik futbolchi istanbulliklar bilan 1+1 ko‘rinishida shartnoma imzoladi.

Ma’lumot uchun, Rami “Marsel” safida 2017 yildan buyon to‘p surib kelayotgan edi. U o‘tgan davr mobaynida jami 75ta o‘yinda maydonga tushdi va 3ta gol hamda 3ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. U Frantsiya terma jamoasi safida JCh-2018 da g‘oliblikni qo‘lga kiritgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!