Rasman! Fernando Lorente "Napoli" bilan shartnoma imzoladi

  • 2 sentabr, 2019, 12:50
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Erkin agen maqomida yurgan ispaniyalik mashhur hujumchi Fernando Lorente faoliyatini Italiya A Seriyasida davom ettiradigan bo‘ldi.

Tecno

Aniqrog‘i, “Napoli” klubi prezidenti Aurelio de Laurentis tvitterdagi sahifasi orqali jamoa 34 yoshli futbolchi bilan shartnoma imzolagani haqida ma’lum qildi.

Italiya OAVlari tarqatgan xabarga qaraganda neapolliklar Lorente bilan 2021 yilning yozigacha shartnoma imzolashgan.

Eslatib o‘tamiz, Lorente uchun A Seriya u qadar begona emas. Boisi, u 2013-2015 yillarda “Yuventus” sharafini himoya qilgan. Uning so‘nggi jamoasi esa Londonning “Tottenxem” klubi bo‘lgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!