Rasman! FIFA o‘zining yangi hamkorini e’lon qildi

  • 28.03.2022 13:23
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Qatar davlat kompaniyasi hisoblangan QatarEnergy rasman FIFA hamkoriga aylandi, deyiladi tashkilot rasmiy saytida.

"Biz QatarEnergy kompaniyasini arab dunyosida o‘tadigan ilk jahon chempionatida quvonchimizni baham ko‘radigan kompaniya sifatida kutib olishdan mamnunmiz. Bu yilgi turnir futbol qamrovini yanada kengaytiradi va Qatarda butun dunyo madaniyatlarini birlashtirib, mintaqaga nur sochadi”, - dedi FIFA prezidenti Janni Infantino.

Aytish kerakki, QatarEnergy suyultirilgan gaz ishlab chiqarish bo‘yicha jahon etakchilaridan biridir.

Ma’lumot uchun, Jahon chempionati 2022 yilning 21 noyabridan 18 dekabriga qadar Qatarda bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!