Rasman! Gretsiya klubi Jaloliddin Masharipov transferini e’lon qildi!

Gretsiyaning "Panserraikos" klubi hamyurtimiz Jaloliddin Masharipovni o‘z safiga qo‘shib oldi. Bu haqda klub rasmiy sayti orqali xabar berdi. 

Masharipov yangi jamoasi bilan 1 yillik shartnomaga imzo chekkan. U klub safida 10-raqam ostida to‘p tepadi. 

Eslatib o‘tamiz, Jaloliddinning so‘nggi jamoasi Saudiya Arabistonining "An Nasr" klubi bo‘lgan edi. Futbolchi riyodliklar safini erkin agent sifatida tark etgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!