
Rasman! Iskandar Shoyqulov "Andijon"ni tark etdi
Yozgi transfer paytida “Andijon” jamoamizning tarkibida o‘zgarishlar yuz berishi muqarrar.
Mavsum boshida klub safiga qo‘shilgan iqtidorli o‘yinchi Iskandar Shoyqulov bilan amaldagi shartnoma ikki tomonning o‘zaro kelishuviga ko‘ra bekor qilindi.
Bu haqida "Andijon" matbuot xizmati xabar berdi.
Shoyqulov birinchi davrada “Andijon” tarkibida Superligada 12 ta, O‘zbekiston Kubogida 2 ta uchrashuvda maydonga tushdi.
Klub uning keyingi faoliyatiga omad tiladi.
Fikrlar