
Rasman! Ivanovich APLga qaytdi
"Vest Bromvich Albion" o‘zining rasmiy saytida serbiyalik himoyachi Branislav Ivanovich bilan shartnoma imzolaganini e’lon qildi.
36 yoshli futbolchi APL klubi bilan 2021 yilning yozigacha shartnoma tuzdi. U yangi jamoasida 20-raqamda o‘ynaydi.
Ivanovich faoliyati davomida "Remont", "Srem", OFK, "Lokomotiv" va "Chelsi" klublarida to‘p surgan. Uning so‘nggi jamoasi Sankt-Peterburgning "Zenit" klubi bo‘lgan edi.
Fikrlar