Rasman! Jahon chempionatida ishtirok etuvchi O‘zbekiston boks terma jamoasi tarkibi ma’lum!
O‘zbekiston terma jamoasining jahon chempionatida ishtirok etadigan tarkibi aniq bo‘ldi Xabaringiz bor, 30 aprel - 14 may kunlari Toshkent shahri ilk bor kattalar o‘rtasidagi jahon chempionatiga mezbonlik qiladi.
Terma jamoamiz murabbiylar shtabi jahon chempionatida yurtimiz sharafini himoya qiladigan bokschilarimiz nomini aniqlab oldi. Unga ko‘ra, o‘z yurtimizda o‘tkaziladigan jahon birinchiligida ishtirok etish baxtiga quyidagi bokschilarimiz sazovor bo‘lishadi:
-48 kg: Shodiyorjon Meliqo‘ziev
-51 kg: Hasanboy Do‘smatov
-54 kg: Oybek Jo‘raev
-57 kg: Abdumalik Xalokov
-60 kg: Mujibillo Tursunov
-63,5 kg: Ruslan Abdullaev
-67 kg: Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jaev
-71 kg: Saidjamshid Jafarov
-75 kg: A’loxon Abdullaev
-80 kg: Jasurbek Yo‘ldoshev
-86 kg: Shohjahon Abdullaev
-92 kg Lazizbek Mullojonov
+92 kg: Bahodir Jalolov
O‘zbekiston boks federatsiyasi matbuot xizmati

Fikrlar
Хаммаларига омад!