Rasman! "Jenoa" bosh murabbiyi iste’foga chiqarildi

  • 21.12.2020 15:13
  • Javokhir Azimov
  • 5
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Eldor Shomurodov harakat qilayotgan "Jenoa" klubi katta o‘zgarishlar arafasida turibdi. Klub rasmiy saytining ma’lum qilishicha, bosh murabbiy Rolando Maran rasman iste’foga chiqarildi. Bunga sabab qilib, jamoaning so‘nggi uchrashuvlardagi muvaffaqiyatsizliklari ko‘rsatilmoqda.

Genuyaliklar rahbariyati italiyalik mutaxassis Davide Ballardini bilan kelishuvga ham erishib ulgurgan. Shartnoma bugun rasmiylashtirilishi kutilmoqda. 56 yoshli mutaxassis avval ham "Jenoa" bosh murabbiyi vazifasida ishlagan. Uning so‘nggi klubi ham aynan "Jenoa" hisoblanadi.

Ma’lumot uchun, Shomurodov jamoasi A Seriya 13-turidan o‘rin olgan bahsda debyutant "Benevento"ga yutqazdi. Ular turnir jadvalida 19-o‘rinda bormoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
UEFA
21/12/2020 16:59
Чап химоя айникса 99 ракам жуда буш уйнади, колаверса шомуродов хам хеч нарсани койилатмади, хужумчи деган биринчи галда гол уриши керак, химояда копток обкуйиш, голга асистент булиш бошкалани иши
77 77
21/12/2020 20:28
Шомиродов бу мурабийни ишончига кириш керак
Abduvali Rustamov
21/12/2020 15:43
Yaxshi bopti ketgani bir yaxwi oynab turgan Eldorni zaxiraga olib otiripti.O'rniga tushgan Skamakka xech nima qilolmadi xamma korib turipti Eldor xozirgi Jenoaning eng yaxwi xujumchisi ekaniniu gol urmasaxam xujumlarda faol oynab jamoani oldinga boshlayotgandi
&
Shaymardonov Nurbek Nasimovich
21/12/2020 15:21
Kechaki uyinni kurib shu bachalaridan kura Nasaf egitlari ham kuchli shuladan oddiy tupni tuhtatib ber beriga pas berib olmaydi.
Azamjon Axmedov
21/12/2020 15:19
вақт кўрсатади!