Rasman! Kalafori "Arsenal" futbolchisi
Londonning "Arsenal" klubi bu yozgi transferlar oynasidagi ilk xaridni amalga oshirdi.
"Kanonirlar" Italiya terma jamoasi himoyachisi Rikkardo Kalafori bilan shartnoma imzoladi.
Ma’lumot o‘rnida, Kalafori yangi jamoasi bilan 2029 yilning yoziga qadar shartnomaga imzo chekdii. Rikkardoning transfer narxi 45 million evro.
Kalafori yangi jamoasida 33-raqam ostida to‘p tepadi.

Fikrlar