
Rasman! Karlos Teves bosh murabbiy bo‘ldi
Argentinalik mashhur hujumchi Karlos Teves murabbiylik faoliyatini boshladi.
«Manchester Yunayted», «Manchester Siti», «Yuventus» va «Boki Xuniors» kabi mashhur jamoalarning sobiq futbolchisi Argentinaning «Rosario Sentral» klubi bosh murabbiyi etib tayinlandi. Klub u bilan 1 yillik shartnoma imzoladi.
Ma’lumot uchun, «Rosario Sentral» klubi ortda qolgan 4 turdan so‘ng Argentina chempionatida 28 jamoa orasida 22-o‘rinni egallab turibdi.
Fikrlar