Rasman! Klublar o‘rtasidagi JCh Qatarda bo‘lib o‘tadi
FIFA Kengashi dushanba kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishida 2021 yildan formati o‘zgaradigan mazkur turnirning 2019 va 2020 yilgi musobaqasini Qatarda o‘tkazishga qaror qildi.
Ushbu ikki turnir orqali mamlakatning 2022 yilgi mundialga tayyorligi ko‘zdan kechiriladi. Unda odatdagidek olti qit’aning klublar miqyosidagi eng kuchli turniri g‘oliblari va mezbon mamlakat chempioni kurash olib boradi.
Eslatib o‘tamiz, 2021 yildan boshlab klublar o‘rtasidagi jahon chempionati yangi formatda o‘tkaziladi. U 4 yilda bir marta 24ta jamoa ishtirokida o‘tkaziladi.
Fikrlar