Rasman: Libertadores kubogi Chilida o‘tkazilmaydi

Janubiy Amerika futbol konfederatsiyasi rasmiy matbuoti xabariga ko‘ra, Libertadores kubogi finali Peru poytaxti Limada o‘tkaziladi.

Eslatib o‘tamiz, final avval rejalangandek Chili poytaxti Santyagoda o‘tkazilishi kerak edi. Biroq mamlakatdagi tartibsizlik sabab o‘yin boshqa davlatga ko‘chirildi.

Shunday qilib final baxsi Lima Markaziy o‘yingohida Braziliyaning "Flamengo" va Argentinaning "River Pleyt" klublari o‘rtasida 23 noyabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!