Rasman! "Lion"ning yangi bosh murabbiyi e’lon qilindi

  • 19.05.2019 11:57
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 1
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Barselona" va "Manchester Siti" klublari sobiq futbolchisi Silvino "Lion"ning yangi bosh murabbiyi bo‘ladi. Bu haqda frantsuz klubining rasmiy sayti xabar bermoqda.

Ta’kidlash kerakki, braziliyalik mutaxassis ushbu lavozimda Bruno Jenezioning o‘rnini egallaydi.

Shuningdek, “Lion” afsonasi Junino Pernambukano yana qadrdon jamoasiga qaytadi. U bu erda sport direktori lavozimida faoliyat olib boradi.

Ma’lumot uchun, Silvino 2016 yildan buyon Braziliya terma jamoasi murabbiylar shtabida ishlab kelayotgan edi.

Eslatib o‘tamiz, “Lion” joriy mavsum muddatidan avval 3-o‘rinni naqd qilib ulgurdi. Endi ular Chempionlar ligasini saralash raundlaridan boshlashadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
AzizGazieff-Marco Simic 55 PFK Pakhtakor Tashkent Uzbekistan GoLions
20/05/2019 00:41
Silvinio-Barselonaning 2006 yilgi ECHLdagi g'alabasiga ulkan xissa qo'shgan futbolchi.
Ajoyib ximoyachi edi.OMAD!