Rasman! Lukaku "Chelsi"ga qaytdi!

  • 12 avgust, 2021, 22:18
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Belgiyalik hujumchi Romelu Lukaku "Inter"ni tark etdi. 28 yoshli futbolchining yangi klubi - "Chelsi". U “aristokratlar” bilan 2026 yilga qadar shartnoma imzoladi.

Ma’lum bo‘lishicha, transfer summasi 115 million evroni tashkil qiladi va futbolchining o‘zi yiliga 12 million evro hamda qo‘shimcha bonuslarga ega bo‘ladi.

Lukaku so‘nggi ikki mavsumni "Inter"da o‘tkazdi va A Seriyaning 72 o‘yinida 47 gol urdi. U o‘tgan mavsum “neradzurrilar” bilan Italiya chempionligini qo‘lga kiritdi.

Lukaku bundan oldin ham "Chelsi" da o‘ynagan. U 2011 yildan 2014 yilgacha “aristokratlar” a’zosi bo‘lgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!