
Rasman! "Manchester Siti" yosh futbolchi bilan shartnoma imzoladi
"River Pleyt" futbolchisi Xulian Alvares "Manchester Siti" a’zosiga aylandi. Ushbu transfer 18,5 million evro va yana turli bonuslarni o‘z ichiga oladi.
Futbolchi "shaharliklar" bilan 5 yillik shartnoma imzolagan va shuningdek, uning mavsum yakuniga qadar "River Pleyt"da qolishga rozi bo‘lgani aytilmoqda.
Statistikaga ko‘ra, Xulian Alvares Argentina chempionati doirasidagi 21 o‘yinda 18 ta gol va 6 ta assistni o‘z hisobiga yozib qo‘ygan.
"Transfermarkt" portalida 21 yoshli vinger 20 million evroga baholanmoqda.
Fikrlar