
Rasman! “Manchester Yunayted” haydalgan yulduzni qaytardi
“Manchester Yunayted” tarbiyalanuvchisi Meyson Grinvud yana klub ixtiyoriga qaytdi. Bu haqda manchesterliklar rasmiy sayti ma’lum qildi.
22 yoshli futbolchi zo‘ravonlikda ayblangani uchun jamoadan chetlatilgan edi. Garchi sudda oqlangan bo‘lsa-da, “Manchester Yunayted” mutasaddilari uni jamoaga yaqinlashtirmadi.
Buning oqibatida Grinvud mavsumni ijara asosida “Xetafe”da o‘tkazdi.
Hujumkor futbolchining Ispaniyada ishlari yurishib ketdi. Barcha turnirlarda 36 ta uchrashuvda ishtirok etib, o‘nta gol va oltita assist qayd etgan o‘yinchining xaridori ko‘paydi.
Grinvudning manchesterliklar bilan kelishuvi yakunlanishiga bir yil bor. Transfermarkt portali tomonidan 15 million evroga baholanayotgan iste’dodli charm to‘p ustasiga “Yuventus”, “Borussiya Dortmund”, “Atletiko”, “Napoli”, “Barselona” va bir nechta boshqa klublar da’vogarlik qilmoqda.
Fikrlar