
Rasman! Marko Roys 12 yildan so‘ng "Borussiya"ni tark etadi
2012 yili "Borussiya M"dan Dortmund klubiga kelib qo‘shilgan Marko Roys oradan 12 yil o‘tib, klubni tark etishini rasman e’lon qildi.
2012 yildan oldin 1995 yildan 2005 yilgacha ham ushbu klub akademiyasida tahsil olgan Marko 21 yoshligida "Borussiya"ga qaytadi. Ko‘plab kelgan takliflarga qaramay, u jamoasini tark etmadi va deyarli 21 yil "asalarilar" safida to‘p tepdi.
"Dortmundagi faoliyatimdan faxrlanaman. Garchi qiyin paytlar bo‘lsa ham, hayotimning yarmidan ko‘p qismini shu erda o‘tkazdim. Mavsum so‘nggida xayrlashish qiyinligini bilaman, lekin hozir bizni muhim o‘yinlar kutib turganidan xursandman", - dedi Roys bayonotda.
"Borussiya"dagi faoliyati davomida 424 ta o‘yinda maydonga tushib, 237 ta gol urgan va 128 ta assist amalga 34 yoshli nemis jamoa bilan 5 ta sovrinni qo‘lga kiritdi.
Eslatib o‘tamiz, Germaniya klubi Chempionlar ligasida o‘z yurishini davom ettirmoqda. PSJga qarshi birinchi o‘yinda g‘alaba qozongan Terzich shogirdlari 7 may kuni Frantsiyaga safar qiladi va finalga chiqish uchun so‘nggi uchrashuvni o‘tkazadi.
Fikrlar