
Rasman! Mendi "Real" futbolchisi
Frantsuz klubi rasmiy sayti tarqatgan xabarga ko‘ra, mazkur transfer madridliklarga 48 mln evroga tushgan. Bu ko‘rsatkich turni bonuslar hisobiga yana 5 mlnga ko‘payishi ham mumkin. Mendi "qirollik klubi" bilan 6 yillik shartnoma imzoladi.
Ma’lumot uchun, 23 yoshli himoyachi yakuniga etgan mavsumda "Lion" safida 44 bahsda ishtirok etdi va 3 ta to‘p kiritib, 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar