Asosiy mazmunga oʻtish

Rasman: "Metallurg" oʻz safiga Azim Ahmadovni qoʻshib oldi!

Muhammadqodir Ruzmatov
Izohlar: 0

Ahmedov o'tgan mavsum "Navbahor" safida to'p tepgan.

"Metallurg" klubi Azimjon Ahmedov bilan shartnoma imzoladi. Bu haqida klub matbuot xizmati xabar berdi.

"Yangi mavsumga tayyorgarlikni davom ettirayotgan jamoamiz tarkibni shakllantirish va kuchaytirish ishlarini jadal sur'atlarda olib bormoqda.

Jumladan, tajribali futbolchi Azimjon Ahmedov yangi mavsumda "Metallurg" sharafini himoya qiladi". — deyiladi xabarda.

Ma'lumot uchun, Ahmedov o'tgan mavsum "Navbahor" safida to'p tepgan. U Superliga va O'zbekiston kubogi doirasida jami 23 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol urdi hamda 1 bor golli uzatma muallifi bo'ldi.

.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q