Rasman! Mirzad Mexanovich "Andijon"ni tark etdi

  • 9 iyun, 16:00
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

“Andijon” jamoasi safida to‘p surib kelgan bosniya va gertsegovinalik futbolchi Mirzad Mexanovich bilan amaldagi shartnoma har ikki tomonning o‘zaro kelishuviga ko‘ra bekor qilindi. Bu haqida klub matbuot xizmati xabar berdi.

Tecno

Mexanovich “Burgutlar” tarkibiga shu yilning yanvar oyida qo‘shilgan bo‘lib, shu vaqtga qadar u “Andijon” safida O‘zbekiston chempionatida 7 ta, Kubok bahslarida esa 3 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta gol muallifi bo‘ldi. Shuningdek, 2 marta golli pas uzatgan.

Ungacha Islam Mashukov va Miomir Jurichkovich ham "Andijon" bilan xayrlashgandi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Davlatbek Alibekov
09/06/2025 21:12
Усмоалиевни х,айданглар ёки бирор жамоага сотиб юборинглар