Rasman! Namangandagi O‘zbekiston kubogi finalida VAR tizimidan foydalaniladi

  • 18.12.2020 16:51
  • Bekzod Isayev
  • 1
  • Futbol

"O‘zbekiston kubogi-2020" final uchrashuvida VAR tizimidan foydalanish bo‘yicha O‘FA hamda FIFA mutaxassislarining o‘zaro muzokaralari ijobiy yakun topdi.

Tizimdan foydalanish bo‘yicha FIFA VAR platformasiga zarur me’yoriy hujjatlar o‘z vaqtida yuklandi. Shuningdek, Video yordamchi hakamlar brigadasining O‘zbekiston U-20 ayollar terma jamoasi va “Paxtakor-W” vakillari o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvida qayd etgan natijalari hisoboti FIFA tomonidan qabul qilindi.

Natijada FIFA Namangan shahrida o‘tadigan "O‘zbekiston kubogi-2020" final uchrashuvida VAR tizimini qo‘llashga ruxsat berdi.

O‘FA Hakamlar va nazoratchilar bo‘limi ushbu bahsga quyidagi hakamlar brigadasini VAR uchun mas’ul etib belgiladi.

VAR hakami: Aziz Asimov
VAR yordamchi hakami: Timur Gaynulin
VAR nazoratchisi: Farhod Abdullaev

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Ободон
18/12/2020 17:15
Аардаям бутун порахурлар утирар эканда