
Rasman! "Nasaf" G‘aybullaev va Bozorov bilan bitimni uzaytirdi. Bir nafar legioner va "Navbahor" o‘yinchisi bilan shartnoma tuzdi
Superliga klublari transferlar mavsumida tarkibni kuchaytirish bilan ovvora. Qarshining "Nasaf" klubi bir qator futbolchilar bilan shartnoma tuzishda davom etmoqda. Bu haqda PFL matbuot xizmati xabar berdi.
"Nasaf" FK futbolchilari G‘olib G‘aybullayev bilan shartnomani 2022 yil oxiriga qadar, Oybek Bozorov bilan shartnomani 2023 yil oxiriga qadar uzaytirdi.
Shuningdek, serbiyalik Andrija Kaluderovich va "Navbahor" sharafini himoya qilgan Bahrom Abdurahimov "Nasaf" FK bilan yil yakuniga qadar shartnoma imzoladi.
Fikrlar