Rasman! Obameyang "Marsel" futbolchisiga aylandi
Rasman Per-Emerik Obameyang "Marsel"ga qaytdi. Bu haqida klub rasmiy sahifasi orqali xabar bermoqda.
Hujumchi Frantsiya jamoasi bilan 2027 yilning yoziga qadar amal qiladigan shartnoma imzoladi. Avvalroq u "Al-Qodisiya" bilan xayrlashib, erkin agentga aylangandi.
Obameyang bundan oldin 2023/2024 mavsumda ham "Marsel"da harakat qilgan va o‘sha vaqtda 51 ta o‘yinda maydonga tushib, 30 ta gol urib, 11 ta assist amalga oshirgan.
Fikrlar