Rasman: Odil Hamrobekov "Navbahor" futbolchisi!

  • 30 yanvar, 2024, 23:19
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 5
  • Futbol
CHERY AUTO

Tajribali yarim himoyachi Odiljon Hamrobekov “Navbahor” bilan shartnoma imzoladi. 

Tecno

Hamrobekov futbolchilik faoliyati davomida “Nasaf” (Qarshi, 2013-2018 yillar),  “Paxtakor” (Toshkent, 2019-2021 yilning 2-davrasi – 2023 yillar), “Shabab Al-Ahli” (Dubay, BAA, 2021 yilning 1-davrasi) jamoalarida o‘ynagan.

Odiljon Hamrobekov o‘tgan mavsumda “Paxtakor” tarkibida barcha musobaqalarda jami 30 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urgan holda, 1 ta golga assistentlik qilgan.

Yarim himoyachi 2017 yildan buyon O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi va ayni paytda Qatarda bo‘lib o‘tayotgan Osiyo kubogi – 2023 musobaqasida terma jamoamiz sharafini munosib himoya qilmoqda.

Biz Odiljon Hamrobekovga “Navbahor”dagi faoliyatida omad yor bo‘lib, chiroyli o‘yinlari hamda gollari bilan “lochinlar”ning g‘alabalariga munosib hissasini qo‘shishiga tilakdoshmiz, - deyiladi “Navbahor” PFK matbuot xizmati xabarida.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Шоим Зарипов
31/01/2024 09:12
Хамробеков Пахтакор уйинчиси эмас у Насафдан чикканку омадини берсин.
&
Абдулло Садритдинов
31/01/2024 00:32
Бу Пахтакори футбалисимас
&
Mn
31/01/2024 00:17
Насаф бу йилам чемпион булолмасаканда бердиев бу йил чемпион килолмаса ишдан кетса керак насаф яна синовдан утмаган лиганер олиб келяптида шуни урнига хамрабековни олиш керак эди
Yunusov Bahrom
31/01/2024 00:07
O'zi namanganlik bir kun navbaxor uchun o'ynayman degandi
.... ....
30/01/2024 23:51
Xammasini Paxtakorri yomonlab-yomonlab, sokib-sokib, endi Paxtakorri futbalistlarini sotvolib chempion bomoqchimi!!!