
Rasman! OKMK ikki nafar braziliyalik futzalchini o‘z safiga qo‘shib oldi
OKMK futzal jamoasi ikki legionerni o‘z safiga qo‘shib oldi.
"Yangi mavsumga jiddiy tayyorgarlik ko‘rayotgan Aleksandr Petrov boshchiligidagi futzal jamoamiz tarkibni sezilarli ravishda kuchaytirishga bel bog‘lagan.
Rodrigo de Oliveira Martins va Samuel Narciso Ribeiro Costa bo‘lajak mavsumda 1 yillik muddat shartnoma asosida OKMK futzal jamoamiz sharafini himoya qiladi.
OKMK ahil oilasiga xush kelibsiz!", - deyiladi klub matbuoti xabarida.
Fikrlar