Rasman: PSJ futbolchisi "Benfika" bilan shartnoma imzoladi (foto)
"Benfika" PSJ yarim himoyachisi Yulian Drakslerni ijaraga olganini e’lon qildi.
Lissabon klubi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, 28 yoshli germaniyalik bilan ijara shartnomasi 2022/23 yilgi mavsum yakuniga qadar mo‘ljallangan.
Yarim himoyachi jamoada 93-raqam ostida o‘ynaydi.
Draksler o‘tgan mavsumda parijliklarning barcha turnirlar doirasidagi 24 o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 2 gol va 2 golli uzatmani yozdirib qo‘ygan. Uning klub bilan shartnomasi 2024 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi.


Fikrlar