Rasman! Rahimjon Davronov - "Lokomotiv" a’zosiga aylandi

  • 16.12.2024 15:47
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol

"Lokomotiv" yangi mavsum oldidan tarkibini kuchaytirishda davom etadi.

O‘tgan mavsumni "Metallurg" tarkibida o‘tkazgan tajribali posbon Rahimjon Davronov yangi mavsumda "Lokomotiv" sharafini himoya qiladi.

Ma’lumot uchun, 1996 yilning 3 oktyabr kunida tavallud topgan posbon 2024 yilda 27 o‘yinda maydonga tushdi va 28ta gol o‘tkazib yubordi, 7 o‘yinda darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!