
Rasman! Ravshan Haydarov "Surxon" bosh murabbiyi bo‘ldi
Termizning “Surxon” klubiga yangi bosh murabbiy tayinlandi. SPORTS.uz portaliga ma’lum bo‘lishicha, ushbu lavozimga taniqli murabbiy Ravshan Haydarov tayinlangan.
Eslatib o‘tamiz, bungacha jamoani Bahrom Xaydarov boshqarib kelayotgan va u 29 iyun kuni o‘z arizasiga ko‘ra iste’foga chiqarilgan edi.
“Surxon” ayni damda Coca Cola Superliga musobaqa jadvalida 12-o‘rinni egallab turibdi.
Tez orada saytimiz orqali Ravshan Haydarov bilan uyushtirilgan intervyuni o‘qishingiz mumkin.
Fikrlar