Rasman! "Real" yangi hujumchi transferini e’lon qildi
Madridning "Real" klubi "Espanol" hujumchisi Xoselu transferini e’lon qildi.
"Qirollik klubi" futbolchini sotib olish huquqi bilan keyingi mavsum oxirigacha ijaraga oldi. Luis 20 yoshida ikki yil "Kastilya" safida harakat qilgan. U 2011 yil "Real" tarkibida debyut qilgandi.
Ma’lumot uchun, 20 iyun kuni futbolchining tanishtiruv marosimi bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar