Rasman! Rodriges “Real”dan yangi jamoaga o‘tdi

  • 31.08.2020 10:50
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Sevilya” o‘z tarkibiga “Real” yarim himoyachisi Oskar Rodrigesni qo‘shib olgani rasman e’lon qilindi.

22 yoshli futbolchi uchun “Sevilya” 13,5 million evro to‘ladi va Rodriges besh yil davomida ushbu klub sharafini himoya qiladigan bo‘ldi.

Oskar Rodriges “Real” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Lekin u asosiy jamoa uchun atigi bitta o‘yin o‘tkazgan. Oxirgi ikki mavsumni “Leganes”da ijara asosida o‘tkazgan iste’dodli yarim himoyachi jami 64 ta uchrashuvda 13 ta gol urdi va oltita golli pas berdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!