Rasman! "Roma"ga yangi himoyachi keldi
“Verona” himoyachisi Marash Kumbula faoliyatini “Roma”da davom ettiradigan bo‘ldi.
Rimliklar 20 yoshli futbolchini 2 mln evro evaziga 2 yilga ijaraga oldi. Bundan tashqari, “Roma” ushbu transferga Mert Chetin, Matteo Kanseleri va Abdurohman Diabi kabi futbolchilarini ham qo‘shib berdi. Endi ushbu futbolchilar ham yaqin ikki mavsumni “Verona”da ijarada o‘tkazadi.
Agar ikki yildan so‘ng, “Roma” Kumbulani to‘liq sotib olishni, “Verona” esa yuqoridagi 3 nafar futbolchini tarkibda saqlab qolishni xohlasa, “bo‘rilar” qo‘shimcha 13,5 mln evro to‘lashlari kerak.
Kumbula o‘tgan mavsum A Seriyada 25 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta gol urdi.
Fikrlar