
Rasman! Shevchenko A Seriyaga qaytdi, faqat...
Ukraina terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Andrey Shevchenko faoliyatini Italiya A Seriyasida davom ettiradigan bo‘ldi.
45 yoshli mutaxassis "Jenoa" bilan 2024 yilning yoziga qadar shartnoma imzolagan. Uning genuyaliklar safidagi yillik maoshi 2 mln evroni tashkil etadi.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq "Jenoa" Davide Ballardinini bosh murabbiy lavozimidan iste’foga chiqargan edi. Jamoa 12 turdan so‘ng A Seriya musobaqa jadvalida 18-o‘rinda bormoqda.
Shevchenkoga Italiya chempionati begona emas. U futbolchilik faoliyati davomida uzoq yillar "Milan" sharafini himoya qilgan.
Fikrlar