Rasman! Shevchenko Ukraina terma jamoasi bilan shartnomani uzaytirdi

  • 07.06.2020 21:25
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Ukraina futbol assotsiatsiyasi (UAF) prezidenti Andrey Pavelko mamlakat terma jamoasi bosh murabbiyi Andrey Shevchenko bilan amaldagi shartnoma uzaytirilganini rasman e’lon qildi.

“UAF ijroqo‘mi terma jamoa bosh murabbiyi Andrey Shevchenko bilan amaldagi shartnomani 2022 yilning 21 dekabrigacha uzaytirishga qarsaklar bilan ovoz berdi”, - deydi Pavelko.

Shu tariqa Ukraina terma jamoasi kelasi yil bo‘lib o‘tadigan “Evro-2020” hamda 2022 yilda bo‘ladigan Qatardagi mundialda Shevchenko boshchiligida ishtirok etadi.

Eslatib o‘tamiz, Shevchenko Ukraina terma jamoasini 2016 yildan buyon boshqarib kelmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!