
Rasman! Toni Fergyusonning navbatdagi jang sanasi e’lon qilindi
UFC Toni Fergyuson va Beneil Dariush o‘rtasidagi jang sanasini rasman e’lon qildi.
Jang 15 may kuni Las-Vegasda tashkil etiluvchi "UFC 262" turniri doirasida bo‘lib o‘tadi. Turnirning asosiy voqeasi Maykl Chendler va Charlz Oliveyra o‘rtasidagi engil vazn toifasidagi jang bo‘ladi.
Ma’lumki, Fergyuson ketma-ket ikki mag‘lubiyatni qabul qilib olgan bo‘lsa, Dariush oltita seriyali g‘alabaga erishgan.
Shuningdek, ushbu jang kechasidan o‘rta vazn toifasi vakillari Jek Xermansson hamda Edmen Shaxbazyan qarama-qarshiligi ham o‘rin olgan.
Fyodor Emelyanenkoning navbatdagi raqibi ma’lum |
Fikrlar