Rasman! “Tottenxem” Braziliya terma jamoasi futbolchisini sotib oldi (Foto)

  • 01.07.2022 14:06
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol

"Everton" hujumchisi Risharlison "Tottenxem" futbolchisiga aylandi. Bu haqda London klubi rasmiy saytida xabar berildi.

25 yoshli braziliyalik bilan kelishuv 2027 yilning yoziga qadar amal qiladi.

“Shporlar” hujumchi uchun 50 million funt to‘laydi va yana 10 million evroni bonus shaklida taqdim etadi.

Risharlison o‘tgan mavsum "irislar" safida barcha musobaqalar doirasidagi 33 o‘yinda ishtirok etib, o‘z hisobiga 11 gol va 5 assistni yozdirib qo‘ygan.

photo_2022-07-01_14-02-05

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!