
Rasman! "Tottenxem" ruminiyalik himoyachini o‘z safiga qo‘shib oldi
"Tottenxem" rasmiy sahifasi orqali "Jenoa"dan Radu Dregushinni sotib olganini ma’lum qildi.
Ruminiyalik himoyachining transferi "shporlar"ga umumiy 30 million evroga tushdi. Futbolchi bilan esa 6 yillik shartnoma imzolandi. Shuningdek, Jed Spens ijara asosida "Jenoa" safiga ko‘chib o‘tdi.
Ma’lumot uchun, genuyaliklar Dregushinni yozda "Yuventus"dan 5 million evroga sotib olgandi. Raduga "Bavariya" ham jiddiy qiziqish bildirgandi, lekin u birinchi bo‘lib "Tottenxem" taklifini qabul qilgani uchun Londonga yo‘l olishga qaror qildi.
Fikrlar