
Rasman! "Tottenxem" "Yuventus" futbolchisini sotib oldi
"Tottenxem" "Yuventus" vakili Deyan Kulushevskini o‘z safiga qo‘shib oldi. 21 yoshli vinger bugun Angliyaga etib kelishi kutilmoqda.
Shvetsiyalik futbolchi londonliklar kelasi mavsum EChLga chiqa olmasa, "Tottenxem" bilan 5 yillik shartnomasini bekor qilishi mumkin. Hozirda Deyan mavsum oxiriga qadar londonliklar safida to‘p tepishi mumkin.
Avval xabar berganimizdek, "taqachilar" Italiya klubidan Rodrigo Bentankurni ham sotib olishni rejalashtirmoqda.
Ma’lumot o‘rnida, Deyan Kulushevski joriy mavsum A Seriyadagi 20 uchrashuvda bitta gol va 3 ta assist qayd etgan.
Fikrlar