
Rasman! UEFA va KONMEBOL tarixiy hujjatni imzolaydi
15 dekabr chorshanba kuni UEFA va KONMEBOL o‘rtasidagi hamkorlik yangi bosqichga ko‘tarildi. Eng yirik futbol uyushmalari vakillari 2028 yilning yoziga qadar hamkorlik memorandumi bo‘yicha kelishuvga erishdi.
Ushbu hujjatning eng asosiy mevasi Evropa va Janubiy Amerika qit’alari chempionlari o‘rtasida an’anaviy tarzda o‘yinlar o‘tkazishga kelishib olish bo‘ldi.
Ana shunday to‘qnashuvlarning dastlabkisi 2022 yilning 1 iyunga belgilangan. Shu kuni Londonda Evropa va Janubiy Amerika qit’asining amaldagi chempionlari - Italiya va Argentina o‘zaro maydonga tushadi. Bunday o‘yinlarning nomi "finalissima" deb ataladi.
Fikrlar