
Rasman: Unai Emeri "Arsenal"ni tark etdi
"Arsenal" ustozi Unai Emeri iste’foga chiqarildi.
Mutahassis butun murabbiylar shtabi bilan klubni tark etdi. "Kanonirlar"ni Fredrik Yungberg vaqtinchalik boshqarib turadi.
Londonliklar barcha turnirlarda etti o‘yindan buyon g‘alaba qozona olishmayapti, bu so‘nggi 27 yildan beri eng yomon ko‘rsatkich bo‘ldi. Jamoa Arsen Venger bilan o‘tgan 22 yil mobaynida bunday seriyani boshidan o‘tkazmagandi.
Emeri "Arsenal" boshqaruviga 2018 yil bahorida kelgan. O‘tgan vaqt davomida u klub bilan Evropa ligasi finaliga etib bordi, APLda esa beshinchi o‘rinni band etdi.
Fikrlar